Özbekiston Respublikasining Moskva şahridagi Elçixonasi ma'lumotiga köra 2017 yil 6 oktabr kuni mahalliy vaqt bilan sahar soat 04:00 atrofida Rossiyaning Vladimir viloyati Pokrov tumanida poyezd va avtobus iştirokidagi yöl transport hodisasi natijasida Özbekistonning 19 nafar fuqarosi halok böldi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Rossiya FVV ma'lumotiga köra, avtobusda 58 kişi bölgan, ulardan 2 nafar haydovçi Qozoğiston fuqarosi, qolgan 56 kişi Özbekiston fuqarosi.

Vafot etganlar töğrisidagi ma'lumotni aniqlaş va jarohatlanganlarga yordam körsatiş uçun Özbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi Elçisi Bahrom Aşrafxanov boşçiligidagi Elçixona xodimlari guruhi Vladimir viloyatiga jönatilgan.

«Mamlakatimiz Hukumati qaroriga köra yordam körsatiş va jabrlanganlarni olib ketiş uçun Vladimir viloyatiga maxsus samolyot va mutaxassislar yuborilmoqda.

YTH natijasida halok bölgan va jarohatlangan Özbekiston fuqarolari haqidagi ma'lumot aniqlanmoqda», deyilgan xabarda.

Bundan oldinroq Özbekiston FVV Vladimirdagi hodisa oqibatida 18 nafar özbekistonlik halok bölgani haqida ma'lumot bergandi.