Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zshahar qurilish invest»: kompaniya tomonidan qurilgan yangi uylarga 1 iyuldan QQS qo‘llanadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5886-sonli farmonida “O‘zshahar qurilish invest” IK MChJ ga 2017-2019 yillar dasturlarida qurilgan uy-joylarni realizatsiya qilishda 2020 yil 1 iyulga qadar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish belgilangan edi. Ta'kidlash joiz, ushbu sana ham yaqinlashib kelmoqda.
Uy-joylar va xonadonlar toki fuqarolar nomiga notarial tartibda rasmiylashtirilgunga qadar «O‘zshahar qurilish invest» IK MChJning mulki hisoblanadi. Bugungi kunga kelib, hududiy komissiyalar tomonidan uy-joylarga biriktirilgan fuqarolarning ko‘pchiligi yuqoridagi imtiyozdan foydalangan holda uy-joylarni o‘z nomlariga rasmiylashtirib olishdi.
Ammo, turli sabablarga ko‘ra, uy-joylarni o‘z nomlariga rasmiylashtirishga ulgurmagan fuqarolar o‘zlariga biriktirilgan xonadonlarni 2020 yil 1 iyulga qadar o‘z nomiga notarial tartibda rasmiylashtirib, ipoteka krediti yoki to‘liq o‘z yonidan to‘lash orqali xonadon qiymati "O‘zshahar qurilish invest" IKga to‘lab berilmasa, uy-joylar narxiga 15 foiz qo‘shilgan qiymat solig‘i qo‘shiladi.


Masalan, 1 m2 o‘rtacha 3 980 000 so‘mlik uy-joylarda narx qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan 4 577 000 so‘mni (QQS 597 000 so‘m) tashkil qiladi. (Ushbu misol Toshkent shahrida 1 ta qurilgan 7 qavatli uylar misolida keltirilgan bo‘lib, viloyatlar bo‘yicha ularga taqdim qilingan narxlarga mutanosib ravishda o‘zgaradi).
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, uy-joylarga biriktirilgan fuqarolardan uy-joylar narxlari QQS qo‘shilishi hisobiga keskin oshib ketishining oldini olish uchun joriy yilning iyun oyi 15 sanasiga qadar xonadonlarni o‘z nomlariga notarial tartibda rasmiylashtirishlari so‘raladi.





P.S.: Ushbu talab uy-joylarni o‘z nomlariga notarial tartibda rasmiylashtirib, ipoteka kreditlari ajratilgan fuqarolarga taalluqli emas.
Mavzuga oid
08:38 / 25.12.2025
Ijtimoiy xavfli ahvoldagi bolalar belgilangan ta’lim muassasasiga imtihonsiz qabul qilinadi
08:53 / 24.12.2025
Pasport nazoratida bojxonaga xabardor qilish tartibi joriy etiladi
08:48 / 24.12.2025
Sertifikatlashda yengillik: 2026 yildan ayrim majburiy talablar bekor qilinadi
11:48 / 25.11.2025