Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonun tatbiq etiladigan tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi
«Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi qonun ijrosini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining aniq ro‘yxati tasdiqlandi.
Davlat organlari va tashkilotlari qonunchilikka muvofiq qayta tashkil etilgan, nomi o‘zgargan yoki yangidan tashkil qilingan taqdirda, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish sohasida maxsus vakolatli organ — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan ro‘yxatga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritib boriladi.
«Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi qonun joriy yilning dekabr oyidan boshlab kuchga kiradi.
«Manfaatlar to‘qnashuvi» to‘g‘risidagi qonun:
➖ davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga;
➖ davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamg‘armalariga;
➖ davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlariga tatbiq etilishi belgilangan.
Mavzuga oid
15:57 / 07.11.2024
Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyaning namunaviy shakli tasdiqlandi
15:01 / 05.11.2024
Nyu-Yorkda piyodalarga yo‘lning istalgan joyidan istalgan vaqtda kesib o‘tishga ruxsat berildi
17:49 / 23.10.2024
Senat yangi tahrirdagi “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi
18:34 / 04.10.2024