Tadbirkorlarga ayrim toifadagi mashinalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish xizmatini ko‘rsatishga ruxsat berilyapti
Yuridik shaxslarning transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish joylarini Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bo‘linmalari tomonidan belgilash tartibi bekor qilinmoqda.

Foto: Kun.uz
Hukumat «Vazirlar Mahkamasining «Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qarorni qabul qildi.
O‘zgartirishlarga ko‘ra:
- yuridik shaxslarning transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish joylarini Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bo‘linmalari tomonidan belgilash tartibi bekor qilinmoqda;
- tadbirkorlik sub’yektlariga M1, M2, M3, N1, N2, N3 toifadagi transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish xizmatini ko‘rsatishga ruxsat berilmoqda;
- Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan texnik ko‘rik xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlarining ustavlari nusxasini talab qilish amaliyoti bekor qilinmoqda;
- texnik ko‘rik xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlarining elektron tizimlari Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining «Texnik ko‘rik» moduli bilan integratsiya qilinishi kerak.
Shuningdek, transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun jismoniy va yuridik shaxslar YaIDXP yoki Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining mobil ilovasi orqali murojaat qoldirishlari mumkin. Bunda murojaat elektron tarzda tadbirkorlik sub’yektiga yuboriladi. Transport egalariga texnik ko‘rik o‘tkazish vaqti va joyi haqida onlayn xabarnoma yuboriladi.
Mavzuga oid

14:38 / 02.05.2025
O‘zbekiston yangi transport yo‘laklarini shakllantirishda YeI bilan hamkorlik qiladi

11:20 / 02.05.2025
Denovda haydovchi 32 nafar bolani Damas'ga mindirib ketayotgani aniqlandi

15:14 / 01.05.2025
Polsha O‘zbekistondan haydovchilarni ishga jalb qilish imkonini o‘rganmoqda

12:46 / 28.04.2025