Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada ish haqlarini ololmagan tojik va o‘zbek muhojirlari ish tashlash o‘tkazishdi
Rossiya poytaxti Moskva shahri metropolitenining o‘nlab quruvchilari ish tashlash o‘tkazishdi. Ular oylik maoshlari to‘lanmaganidan g‘azabda bo‘lganlar. Ma'lumotlarga ko‘ra, ishchilar besh oydan beri ish haqlarini olishmagan.
Xabarlarga ko‘ra, «Ingeokom» qurilish-montaj boshqarmasining yuzlab norozi ishchilari – ular asosan Tojikiston va O‘zbekistondan bo‘lgan muhojirlardir – boshqarma ofisi yonida yig‘ilib, ishlab topgan pullarini berishlarini talab qilishgan.
Xodimlar oldiga chiqqan ish beruvchi ularning barchasi xorijiy fuqarolar ekani hamda ish tashlashga haqlari yo‘qligini ma'lum qilgan.
Rossiya ommaviy axborot vositalarining ta'kidlashicha, bu ushbu kompaniya bilan bog‘liq birinchi ish tashlash emas. Avvalgisi bir yil avval ro‘y bergan. Ishchilar bepul ishlashda davom etishdan bosh tortishgandan so‘ng, ularning kartochkalariga besh oylik maoshlari qaytarila boshlangan.
2016 yilning dekabrida esa QMB-77 ishchilari bir yarim oy davomida ish tashlash o‘tkazishgan hamda ular turli tashkilotlar, hokimlik, prokuratura, Mehnat inspeksiyasiga borishgan. 14 fevralda esa ularga ish haqlari to‘lab berilgan.
Mavzuga oid
13:08 / 13.05.2026
Zelenskiydan troll-farmon, «muzlagan» front: urushda nima gap?
22:20 / 09.05.2026
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida navbat yuzaga keldi
18:34 / 07.05.2026
Bu yil Moskvadagi G‘alaba paradida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari qatnashmaydi
22:02 / 02.05.2026