Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Pokistonga davlat tashrifini boshladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Islomobodga yetib bordi.
Pokiston havo hududida oliy martabali mehmonning samolyotiga ushbu mamlakat Harbiy havo kuchlarining qiruvchi uchoqlari hamrohlik qildi.

«Nurxon» aeroportida O‘zbekiston rahbarini Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif, prezident Asif Ali Zardoriy va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.





Ikki mamlakatning davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.


Dasturga muvofiq, bugun mudofaa kuchlari oliy bosh qo‘mondoni – qurolli kuchlarning quruqlikdagi qo‘shinlar qo‘mondoni, feldmarshal Asim Munir, Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bilan muzokaralar va oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Ertaga, 6 fevral kuni Pokiston prezidenti Asif Ali Zardoriy bilan uchrashuv va O‘zbekiston – Pokiston biznes forumida ishtirok etish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
17:49 / 01.04.2026
Xitoy va Pokiston Yaqin Sharqdagi urushni tugatish rejasini taklif qildi
21:20 / 30.03.2026
Pokistonda «yaqin kunlar ichida» AQSh va Eron muzokaralari o‘tkazilishi mumkin
09:10 / 25.03.2026
Pokiston Eron bo‘yicha muzokaralar uchun maydon taklif qildi
18:39 / 20.03.2026