O‘zbekiston | 17:42 / 08.08.2020
9668
2 daqiqa o‘qiladi

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil topganidan buyon 300 nafarga yaqin mahalla raislari ishdan bo‘shatildi

Bugun, 8 avgust kuni AOKA huzuridagi shtabda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi ishtirokida brifing o‘tkazildi. Vazirlik axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva tizimda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari tufayli lavozimidan ozod etilgan mahalla fuqarolar raislari haqida axborot berdi.

Foto: norma.uz

“Joylarda vazirlik tizimida faoliyat olib borayotgan mutasaddilar tomonidan kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda. Buni tan olish kerak. Vazirlik tashkil topganidan buyon faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun 34 nafar tuman (shahar) hokimlarining o‘rinbosarlari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari boshliqlari, 283 nafar mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari lavozimidan ozod etildi. 8 nafar tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari boshliqlari hamda 103 nafar mahalla raislariga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.

Shu bilan bir qatorda, Qiziriq tumanidagi holat va Bo‘stonliq tumanidagi yer sotgan mahalla raislari holati bo‘yicha axborot beradigan bo‘lsak, mahalla raislari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari o‘z xohishiga ko‘ra yozgan arizalariga muvofiq, o‘rnatilgan tartibda bekor qilingan. Xususan, mavjud vaziyat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tegishli tartibda tergov-surishtiruv ishlarini olib bormoqda”, - dedi Boymirzayeva.

Mavzuga oid