Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APL. «Arsenal» mag‘lubiyatga uchradi
Angliya chempionatining 2-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuvda «Stok Siti» «Arsenal»ni qabul qilib, kichik hisobda g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning ikkinchi bo‘limi boshida «Stok»ka yangi kelib qo‘shilgan Xese Rodriges tomonidan kiritilgan gol uchrashuv so‘nggiga qadar o‘zgarmay qoldi va «Stok Siti» o‘z uyidagi dastlabki uch ochkosiga ega chiqdi. «Arsenal» esa birinchi turdagi g‘alabadan so‘ng ilk mag‘lubiyatini tan olishga majbur bo‘ldi.
Angliya premer-ligasi, 2-tur
Stok Siti – Arsenal 1:0 (0:0)
Gol: Xese (47).
Stok Siti: Batlend, Shoukross, Kemeron, Piters (Martins Indi, 89), Zuma, Fletcher, Allen, Shaqiri (Berahino, 25), Xese (Subhi, 71), Shupo-Moting, Diuf.
Arsenal: Chex, Monreal, Kolashinats (Jiru, 66), Belerin, Mustafi, Remzi, Oksleyd-Chemberlen, Chaka (Ivobi, 79), O‘zil, Uelbek, Lyakazett (Uolkott, 78).
Mavzuga oid
13:15 / 15.08.2022
«Arsenal» va «Siti» 4 tadan gol urdi, «MYu» 4 ta o‘tkazdi. Derbida janjal. APLda tur yakunlari
21:18 / 13.08.2021
APL qaytmoqda. «Siti» yana chempionmi?
14:21 / 05.10.2020
Mourinoning qaytishi va Kloppning yakson etilishi. APLda superyakshanba
10:05 / 15.01.2019