Sport | 10:05 / 15.01.2019
9477
2 daqiqa o‘qiladi

«Manchester Siti» yirik g‘alabaga erishdi va «Liverpul» bilan oradagi farqni qisqartirdi

Angliya chempionatining 22-turida «Manchester Siti» «Vulverhempton»ni qabul qilib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Mehmonlar o‘yinning asosiy qismini bir kishi kam bo‘lib o‘tkazishdi, 19-daqiqada himoyachi Boli maydondan chetlatildi.

O‘yinda hisob 10-daqiqada Gabriel Jyezus hisobni ochdi, bo‘lim oxirida Jyezus penaltini aniq ijro etib, «shaharliklar»ning ustunligini oshirdi. Ikkinchi bo‘limda mehmonlar himoyachisi Konor Kodi o‘z jamoasi darvozasini ishg‘ol qildi.

Bu g‘alabadan keyin «Manchester Siti» ochkolari sonini 53taga yetkazdi va chempionat turnir jadvali peshqadami «Liverpul» bilan oradagi farqni 4taga qisqartirdi, uchinchi o‘rindagi «Tottenhem» bilan farq 5 ochkoga yetdi. «Vulverhempton» 29 ochko bilan 11-o‘rinni band etdi.

Keyingi turda «Manchester Siti» «Haddersfild» mehmoni bo‘ladi. O‘yin 20 yanvarga belgilangan.

Angliya chempionati
22-tur
Manchester Siti – Vulverhempton 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 10 Gabriel Jyezus, 2:0 – 39, penalti Gabriel Jyezus, 3:0 – 78, avtogol Koudi.
Manchester Siti – Ederson, Uoker, Stounz, Laport, Danilo, Bernardu Silva, Fernandino, Silva (de Bryuyne, 62), Sterling, Gabriel Jyezus (Aguero, 76), Sane (Gyundogan, 74).
Vulverhempton – Ruy Patrisiu, Bennett, Koudi, Boli, Doerti, Moutinyu (Gibbs-Uayt, 72), Ruben Nevesh, Dendonker, Kastro, Ximenes (Traore, 46), Diogu Jota (Saiss, 59).
Ogohlantirish: Fernandino (14).
Chetlatish: Boli (19).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid