O‘zbekiston | 10:07 / 27.04.2021
22547
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: Shifoxonaga yotqizilgan bemorlar soni 2800dan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda respublikaning barcha hududlarda 300ga yaqin koronavirus bilan kasallanish holatlari qayd etilgani va bir bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 26 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 89630 (+275) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Bungacha bir hafta davomida har kuni 300dan ortiq yangi kasallanish holatlari aniqlanayotgandi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 4 nafari Andijon viloyatida,
  • 2 nafari Buxoro viloyatida,
  • 5 nafari Jizzax viloyatida,
  • 6 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 3 nafari Navoiy viloyatida,
  • 7 nafari Namangan viloyatida,
  • 35 nafari Samarqand viloyatida,
  • 4 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 4 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 3 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 2 nafari Xorazm viloyatida,
  • 55 nafari Toshkent viloyatida,
  • 141 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 nafar,
  • Buxoro viloyatida 10 nafar,
  • Samarqand viloyatida 14 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 9 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 1 nafar,
  • Xorazm viloyatida 2 nafar,
  • Toshkent viloyatida 41 nafar,
  • Toshkent shahrida 122 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 86180 (+204) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 646 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 2804 nafar bemor davolanmoqda. Vazirlik ularning qanchasi og‘ir ahvolda ekanligi haqida ma'lumot bermagan. 26 aprel kungi ma'lumotlarda shifoxonalardagi bemorlarning 238 nafari og‘ir, 113 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda ekani keltirilgandi.

Mavzuga oid