Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Koreya bilan moliyaviy hamkorlikda milliy onkologiya markazi barpo etiladi
Koreya jamg‘armasi tomonidan “Milliy onkologiya markazini barpo etish” loyihasini amalga oshirish uchun O‘zbekistonga 127,5 mln AQSh dollari ekvivalentidan oshmaydigan Koreya voni miqdorida imtiyozli qarz ajratiladi.
Foto: Kun.uz
Prezidentning “Koreya Eksimbankining Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamg‘armasi bilan moliyaviy hamkorlikda “Milliy onkologiya markazini barpo etish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Koreya hukumati tomonidan 2019 yil 27 iyunda Koreya Eksimbankining Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamg‘armasi (EDCF) tomonidan “Milliy onkologiya markazini barpo etish” loyihasini amalga oshirish uchun O‘zbekistonga 10 yil imtiyozli davr bilan 40 yil muddatga yillik 0,1 foiz stavkasida jami 127,5 mln AQSh dollari ekvivalentidan oshmaydigan Koreyaning von pul birligi miqdorida imtiyozli qarz ajratilishi ma’qullangan.
O‘zbekiston hukumati va EDCF o‘rtasida 2021 yil 31 dekabrda loyiha yuzasidan qarz bitimi imzolangan.
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi EDCF qarzidan maqsadli foydalanish hamda loyihani samarali amalga oshirish uchun mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi. “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” EDCF qarzi bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish borasida moliyaviy agent hisoblanadi.
EDCF jamg‘armasi bo‘yicha asosiy qarz, unga hisoblangan foiz, vositachilik haqi hamda boshqa to‘lovlarni qoplash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston budjetidan qoplanadi. Loyihani amalga oshirish doirasida xarid qilinadigan va olib kiriladigan tovarlarga (xizmatlarga) to‘lanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i O‘zbekiston hissasi sifatida belgilangan tartibda davlat budjetidan to‘lanadi (agar qonunchilik hujjatlarida ushbu soliq bilan bog‘liq imtiyoz nazarda tutilmagan bo‘lsa).
Iqtisodiyot va moliya vaziriga O‘zbekiston nomidan Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zmilliybank (moliyaviy agent) o‘rtasida EDCF qarzidan foydalanish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha agentlik bitimini imzolash vakolati beriladi. O‘zmilliybankka EDCF qarzi bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun Koreya vakolatli banki bilan banklararo shartnomani imzolash vakolati beriladi.
Mavzuga oid
19:31 / 24.12.2025
Onkologiya xizmatlari arzonlashadi: yangi respublika markazida press-tur o‘tkazildi
14:47 / 22.12.2025
Saratonning oldini olish mumkinmi? Mutaxassislar tavsiya qiladigan mahsulotlar
15:10 / 17.12.2025
Toshkentda O‘zbekiston–Koreya strategik sherikligi muhokama qilindi
13:07 / 17.12.2025