Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xususiy banklarning bank bozoridagi ulushi bor-yo‘g‘i 15 foizni tashkil etadi - Markaziy bank
Xususiy banklar sonining ko‘payishi bank tizimida raqobat muhiti kuchayishiga xizmat qiladi.
Xususiy banklar son jihatdan ko‘p bo‘lsa ham, ayni vaqtda xususiy banklarning bank xizmatlari bozoridagi ulushi bor-yo‘g‘i 15 foizni tashkil etadi. Bu haqda Markaziy bank ma'lumotida aytilgan.
“Bank tizimida davlat ulushining yuqori miqdorda saqlab qolinishi ushbu tizimining umumiy rivojlanishiga hamda samaradorligiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi”, - deyiladi Markaziy bank xabarida.
Davlat ishtirokidagi banklarning xalqaro moliya institutlari ko‘magida transformatsiya qilinishi va xorijiy strategik investorlarga sotilishi natijasida:
birinchidan, banklarda korporativ boshqaruv va risk-menejment tizimlari takomillashadi,
ikkinchidan, bank tizimiga yangi texnologik yechimlar va bank ishining ilg‘or xorijiy tajribasi kirib keladi, banklarning biznes-modellari o‘zgarib, ularning mijozlarga yo‘naltirilganlik darajasi oshadi.
Shu bilan birga, xususiy banklar sonining ko‘payishi bank tizimida raqobat muhiti kuchayishiga xizmat qiladi.
Istiqbolda xizmatlarning sifati yaxshilanadi, narxlari arzonlashadi, mahsulot va xizmatlarning yangi turlari paydo bo‘ladi, masofaviy bank xizmatlari ko‘lami kengayib boradi, aholi va tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratiladi, deyilgan ma'lumotda.
Mavzuga oid
16:25 / 25.12.2025
“O‘zavtoyo‘l” binosi 242 mlrd so‘mga sotildi
14:27 / 23.12.2025
«Samarador» MChJ Transport vazirligi binosini sotib oldi
16:06 / 16.12.2025
Qurilish vazirligining binosi 182,5 mlrd so‘mga sotildi
12:38 / 10.11.2025