Toshkentdan Samarqandga 2 soatda borish mumkin bo‘ladi. Mamlakatdagi birinchi pullik yo‘lni kim qurmoqchi?
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasida qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratovning Cengiz — Kolin — Kalyon kompaniyalar konsorsiumi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Spot xabar qilmoqda.
Uchrashuvda Samarqand - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha davlat - xususiy sheriklik prinsiplarida avtomobil yo‘lini qurish masalasi muhokama qilindi.
Tadbirda yangi namunadagi avtomobil yo‘li qurilishi ishlariga jalb etiluvchi tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislari ham ishtirok etdilar. Ular kelgusida loyihaning biznes-rejasini tayyorlashda kiritiladigan takliflarni bildirishdi.
Turkiyaning Cengiz — Kolin — Kalyon konsorsiumi bilan hamkorlikda davlat - xususiy sektor hamkorligi tamoyillari bo‘yicha avtomobil yo‘li qurilishiga oid investitsion kelishuv turk investorlar tomonidan taqdim etilgan loyihalar ro‘yxatiga kirgan hamda O‘zbekistonga Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning joriy yil bahoridagi tashrifi davomida imzolangan.
Birinchi pullik avtomobil yo‘li loyihasining milliy hamkori - Avtomobil yo‘llari bo‘yicha davlat qo‘mitasi.
Turkiya pudratchilar vakili tomonidan ta'kidlanishicha, loyiha 2 soat ichida Toshkent va Samarqand orasidagi masofani bosib o‘tish imkonini beradi.
Uchrashuvda loyihani ishlab chiqishda magistralning turar-joy tumanlaridan o‘tishi, yaylov va qishloq xo‘jaligi yerlariga minimal ta'sir hamda atrof-muhit holati hisobga olinishi kerakligi muhokama qilindi.
Toshkent-Samarqand pullik avtomobil yo‘li loyihasi bo‘yicha qurilish ishlari 2019-2020 yillarga rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
17:02
Toshkentda 4 mln dona pirotexnika buyumlari yo‘q qilindi
15:28
Svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan Malibu piyodani urib yuborishiga oz qoldi
21:43 / 21.11.2024
Toshkentda pod’yezdda qoldirilgan velosiped va kolyaskalar PPX tomonidan olib ketilmoqda
19:18 / 21.11.2024