Jahon | 17:30 / 14.03.2018
7155
1 daqiqa o‘qiladi

Merkel qasamyod keltirdi

Foto: Reuters

Germaniyada to‘rtinchi marta kanslerga aylangan Angela Merkel bundestagda qasamyod keltirdi. Avvalroq GFR prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer uni Germaniya parlamentida saylanganidan so‘ng lavozimiga tasdiqlagandi.

"Men o‘z kuchimni nemis xalqiga bag‘ishlash, uning farovonligini oshirish, uni ziyonlardan himoya qilish, Asosiy qonun va federatsiya qonunlariga rioya etish hamda qo‘riqlash, o‘z lavozimimni chin ko‘ngildan bajarish hamda har bir insonga nisbatan adolatli munosabatda bo‘lishga qasamyod keltiraman", - deya aytib o‘tdi Merkel.

Bundestagda Merkel nomzodi bo‘yicha ertalabki maxfiy ovoz berishda 692 deputat ishtirok etdi, to‘rt byulleten haqiqiy emas, deb topildi. Merkel uchun 364 deputat o‘z ovozini berdi. Shu bilan birga, uning qayta saylanishi uchun minimum daraja 355 ovozga teng edi. Ushbu chaqiruvdagi Bundestagga 709 deputat kirdi.

Mavzuga oid