Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ijtimoiy yordam mablag‘lari tarqatilishi bo‘yicha noroziliklar yuzasidan biror deputat yoki senator fikr bildirmadi» – Tanzila Norboyeva
Oliy Majlis Senatining oltinchi yalpi majlisida Senat raisi kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib, bu jarayonda deputat va senatorlarning faoliyatini tanqid qildi.
Foto: Senat matbuot xizmati
«Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha nimaiki qilmaylik, barchasi tizimli bo‘lishi kerak. Biroq qabul qilinayotgan farmon, qarorlarning joylardagi ijrosi yuzasidan hozirgi harakatlarimiz ko‘proq xaotik, ya'ni betartib tarzda kechmoqda.
Bu borada mahalliy kengash deputatlari va senatorlar faoliyatini ham qoniqarli deb baholay olmaymiz. Masalan, aholiga ijtimoiy yordam mablag‘lari tarqatilishi ortidan ayrim hududlarda yuzaga kelayotgan noroziliklar yuzasidan birorta deputat yoki senator chiqib fikr bildirmadi. Bunday vaziyatni aholi va davlat o‘rtasida ko‘prik bo‘lib, vaziyatga oydinlik kiritish, aniqrog‘i o‘z saylovchilari, xalqning yonida turish deputat va senatorning birlamchi vazifasi emasmi?
Shu o‘rinda yana bir muhim jihatga e'tiborni qaratmoqchiman. Koronavirusga qarshi kurash tadbirlariga ajratilayotgan mablag‘lar, aniqrog‘i Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasi mablag‘lari talon-toroj qilinayotgani bizni tashvishlantirmoqda. Xususan, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan viloyatlaridagi sanitariya-epidemiologiya xizmati mutasaddilari tomonidan umumiy hisobda jamg‘armaning 1 mlrd 750 million so‘mdan ziyod mablag‘i talon-toroj qilingani masalasi ham jiddiy e'tibor qaratishni talab qiladi», - dedi Senat raisi.
Bundan tashqari, parlament yuqori palatasi mahalliy kengashlar bilan hamkorlik borgan sari yangi yo‘nalishlarda rivojlanib borayotgani ta'kidlandi.
«Joylardagi deputatlarimiz Senat majlislarida ishtirok eta boshladi. Jumladan, bugungi majlisimizda ham mahalliy Kengashlarning doimiy komissiyalari vakillari qatnashmoqda. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida mahalliy kengashlarning 1700dan ziyod sessiyalarida 9 mingdan ortiq masala muhokama etildi. Qariyb 4 ming marta mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarining hisobot va axborotlari eshitildi. 660 marta nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi. Mutasaddi idora va tashkilotlar rahbarlariga 21 mingdan ziyod deputatlik so‘rovlari yuborildi.
Yana bir jihat. Mahalliy kengashlar sessiyalari qarorlari bilan ijro organlarining 108 nafar rahbariga nisbatan intizomiy jazo choralarini ko‘rish, jumladan, 25 nafar mansabdor shaxsni lavozimidan ozod etish bo‘yicha takliflar kiritildi», dedi Tanzila Norboyeva.
Mavzuga oid
09:47 / 20.12.2025
Mehnat inspeksiyasi hisoboti Senatda tanqid qilindi: nazorat 32 foizga kamaygan
18:17 / 18.12.2025
2026 yilda asosiy soliqlar bo‘yicha stavkalar o‘zgarmaydi
13:32 / 18.12.2025
Senat 2026 yilgi davlat budjetini ma’qulladi
21:24 / 03.12.2025