Jamiyat | 22:14 / 04.05.2023
45249
1 daqiqa o‘qiladi

Mudiraning o‘g‘li bog‘chada qizlarga tegajog‘lik qilgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 

2008 yilda tug‘ilgan yigitga nisbatan tergov o‘tkazilmoqda. 

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahridagi davlat bog‘chasiga qatnovchi bolalarning ota-onalari qizlari bilan bog‘liq xunuk holat sodir bo‘lganini ma’lum qilganidan so‘ng, holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi. 

«2 may kuni 4 nafar fuqaro Chilonzor tumani IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, ularning farzandlari (6 yoshli qizlar) Chilonzor tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasasida uxlab yotganida, voyaga yetmagan, 2008 yilda tug‘ilgan X.Sh. ular tanasining turli qismlarini qo‘li bilan ushlab, uyatsiz buzuq harakatlar sodir etganini, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan», deyiladi xabarda. 

Holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 119-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Mavzuga oid