Toşkent şahridagi davlat boğçasiga qatnovçi bolalarning ota-onalari qizlari bilan boğliq xunuk holat sodir bölganini ma’lum qilganidan söng, holat yuzasidan jinoyat işi oçildi. Bu haqda Toşkent şahar IIBB xabar berdi.
«2 may kuni 4 nafar fuqaro Çilonzor tumani IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, ularning farzandlari (6 yoşli qizlar) Çilonzor tumanidagi maktabgaça ta’lim muassasasida uxlab yotganida, voyaga yetmagan, 2008 yilda tuğilgan X.Ş. ular tanasining turli qismlarini qöli bilan uşlab, uyatsiz buzuq harakatlar sodir etganini, unga nisbatan qonuniy çora körişni söragan», deyiladi xabarda.
Holat yuzasidan Çilonzor tumani IIO FMB tomonidan Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 119-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov davom etmoqda.

















