Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Slovakiya Ukrainaga 4 ta MiG-29 yubordi
Jami 13 ta qiruvchi samolyot va’da qilingan.
Slovakiya ukrainalik harbiylarga dastlabki to‘rtta MiG-29 qiruvchi samolyotini yubordi. Bu haqda Slovakiya mudofaa vaziri Yaroslav Nad ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, transportirovka ukrainlik uchuvchilar tomonidan amalga oshirilgan. Samolyotlar Ukraina hududiga yetib borgan.
«Qolgan samolyotlar Ukrainaga yaqin haftalar ichida yetkazib beriladi», — deya qo‘shimcha qilgan Nad va xavfsizlik yuzasidan boshqa tafsilotlarni ochiqlamasligini bildirgan. Slovakiya Ukraina qurolli kuchlariga jami 13 ta qiruvchi samolyot yetkazib berishni rejalashtirgan.
- Slovakiya hukumati Ukrainaga MiG-29 qiruvchi samolyotlari yetkazib berish bo‘yicha mart oyida qaror qabul qilib, bunday qarorga kelgan ikkinchi davlat bo‘lgandi. O‘z qiruvchi samolyotlarini Ukrainaga berishga rozi bo‘lgan birinchi mamlakat Polsha edi, bu davlat o‘z qarori haqida Slovakiyanikidan bir kun oldin e’lon qilgandi. Varshava Kiyevga to‘rtta MiG-29 samolyoti yetkazib bermoqchi.
- O‘z navbatida Slovakiya mudofaa vaziri Yaroslav Nad qiruvchilar yetkazib berilishi evaziga mamlakat 849 million dollar miqdorida tovon puli olishi, bu AQShdan zamonaviy harbiy texnikalarni ham o‘z ichiga olishini aytib o‘tgan.
Mavzuga oid
22:17 / 08.12.2025
Dunyodagi eng yirik yuk samolyoti Toshkentga qo‘ndi
12:25 / 08.12.2025
Pechenej suv ombori to‘g‘oni Rossiya hujumi oqibatida zararlandi
11:00 / 08.12.2025
Berlin Pekindan Ukrainada “adolatli va barqaror tinchlik”ka hissa qo‘shishni so‘ramoqda
09:24 / 08.12.2025