20 aprel kuni Rossiyaning Tuapse şahrida «neft yomğiri» kuzatildi – bu ukrain harbiylarining mahalliy portdagi neft quyiş terminaliga hujumidan keyin röy bergan.
«Tevarak-atrof moyli parda va qora şarçalar bilan qoplandi. Avvaliga oddiy çang deb öylagandik, lekin keyinroq bu yonib ketgan neft qoldiqlariga öxşab ketişini tuşundik», – degan guvohlar Astra naşriga.
Tuapsega dronlar hujumi duşanbaga ötar keçasi bölib ötgandi. Hujum oqibatida bir kişi halok bölib, yana uç kişi yaralangan. Mahalliy rasmiylarga köra, dronlar bir neça binolarga, jumladan, köp kvartirali uy, maktab, bolalar boğçasi, çerkov va muzeyga zarar yetkazgan.
Ukraina qurolli kuçlari boş ştabi hujumdan keyin dronlar nişoni Tuapsedagi dengiz terminali bilan birgalikda yagona işlab çiqariş kompleksini taşkil etuvçi neftni qayta işlaş zavodi bölganini ma’lum qildi.
Portda hujumdan keyin kuçli yonğin boşlangan va bu yonğin seşanba kuni ham töliq öçirilmagandi. Sun’iy yöldoş orqali olingan tasvirlar yonğin içida qolgan neft rezervuarlaridan çiqqan tutun 300 kilometrga çözilgani va Stavropolgaça yetib borganini köriş mumkin.
Rospotrebnadzor 20 aprel kuni «yonğin hududidagi fuqarolar»ni derazalarni oçmaslik va uydan çiqmaslikka, zarurat tufayli köçaga çiqqanda niqob va respiratorlardan foydalanişga çaqirgan. Şu bilan birga, bundan bir neça soat oldin (yonğin allaqaçon boşlanganida) region tezkor ştabi telegram-kanalida havodagi zararli moddalar miqdori «normadan oşmagani» ta’kidlangan edi. Tezkor ştab havoning holati kuniga uç marta ölçanişini ma’lum qilgan, lekin ötgan vaqt içida ölçaş natijalari haqida birorta ham xabar çiqarilmadi.
Ukrainaning Tuapsega bu safargi hujumi sönggi tört kun içida ikkinçisi böldi, bundan oldinroq dronlar şaharga 16 aprel kuni ham uçib kelgandi. Öşanda ikki bola halok bölib, yana yetti kişi yaralangandi. Portda ham yonğin çiqqan va uni öçirişga uç kun vaqt ketgandi.

Exilenova+

Exilenova+


















