O‘zbekiston | 08:59 / 05.02.2020
5834
7 daqiqa o‘qiladi

Prezident qarori loyihasi: O‘zbekistonda Kamoliddin Behzod tavalludining 565 yilligi keng nishonlanadi

O‘zbekistonda buyuk musavvir va naqqosh Kamoliddin Behzod tavalludining 565 yilligi keng nishonlanadi hamda tasviriy va amaliy san'at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar qabul qilinadi

Prezidentning muhokama uchun e'lon qilingan qarori loyihasiga ko‘ra, Badiiy akademiya, Madaniyat vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining:

Buyuk musavvir va naqqosh Kamoliddin Behzod tavalludining 565 yilligini 2020 yil oktabr oyida keng nishonlash;

Kamoliddin Behzod xotirasini abadiylashtirish maqsadida Toshkent shahrining ko‘chalaridan biriga uning nomini berish;

“Kamoliddin Behzod nomidagi Davlat stipendiyasi”ni ta'sis etish;

yosh iste'dodli ijodkorlarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Kamoliddin Behzod izdoshlari” miniatyura va xalq amaliy san'ati asarlari ijodiy tanlovini tashkil etish va uni an'anaviy tarzda o‘tkazib borish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullanishi mumkin.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Badiiy akademiya va Fanlar akademiyasi bilan birgalikda chet ellarda saqlanayotgan Kamoliddin Behzod va uning izdoshlari ijodiga mansub asarlarning asl yoki ko‘chirma nusxalarini yurtimizga qaytarish bo‘yicha 2020–2022 yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Tashqi ishlar vazirligi Kamoliddin Behzod va uning izdoshlari ijodini o‘rganish, meroslariga oid ashyolarni to‘plash maqsadida chet ellarga boruvchi ilmiy ekspeditsiyalarni tashkil etishga amaliy yordam ko‘rsatadi.

Kamoliddin Behzod tavalludining 565 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekistonning respublika va mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda, shuningdek, homiylik xayriyalari hisobidan qoplanadi.

Badiiy akademiya huzurida:

tasviriy va amaliy san'at, dizayn, san'atshunoslik hamda muzeyshunoslik yo‘nalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi;

Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan rassomlar tajriba ustaxonasi (oliy rassomlik kurslari) tashkil etiladi.

Quyidagilar belgilanadi:

a) Markazning asosiy vazifalari etib:

tasviriy va amaliy san'at, dizayn, san'atshunoslik hamda muzeyshunoslik sohalari bo‘yicha yuqori malakali pedagog va mutaxassislar tayyorlash;

xalqaro tanlovlarda munosib qatnashadigan iqtidorli yosh professional san'at namoyondalarini tayyorlash uchun ularning ko‘nikma va bilimlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy o‘qitish dastur va uslublarini joriy etish;

badiiy ta'lim yo‘nalishlaridagi pedagog va mutaxassislarning malakasini oshirish, bunda ilg‘or xalqaro tajribadan keng foydalanish, professional bilimlarni va ko‘nikmalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan samarali o‘qitish usullarini tatbiq etish;

o‘qitishning zamonaviy shakl va uslublari, samarali pedagogik texnologiyalar, elektron axborot resurslaridan keng foydalangan holda ta'lim jarayonining yuqori darajada olib borilishini ta'minlash;

o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishni hisobga olgan holda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining o‘quv rejalari va dasturlarini tizimli ravishda takomillashtirishni ta'minlash;

badiiy ta'lim yo‘nalishlaridagi pedagog va mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarining o‘quv-metodik bazasini shakllantirish va faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularga tashkiliy-metodik rahbarlikni amalga oshirish;

b) Markaz tasviriy va amaliy san'at, dizayn, san'atshunoslik hamda muzeyshunoslik yo‘nalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarni o‘qitish uchun tasdiqlangan buyurtmaga muvofiq ajratiladigan Davlat budjeti mablag‘lari, shartnoma asosida ta'lim xizmatlarini ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;

v) rassomlar tajriba ustaxonasining asosiy vazifalari etib:

tasviriy san'at asarlarining yuksak sifatini ta'minlash, tasviriy san'at ijodkorlarining imkoniyat va salohiyatini to‘laqonli yuzaga chiqarish;

“ustoz-shogird” va badiiy ta'lim an'analarini saqlagan holda o‘qitishning ilg‘or usullarini ishlab chiqish va o‘quv jarayoniga ijodiy ustaxonalar faoliyatini tatbiq etish;

tasviriy san'at (dastgohli, grafika, mahobatli, miniatyura, haykaltaroshlik) yo‘nalishlarida faoliyat olib borayotgan iste'dodli ijodkorlarni saralab olish, ularning estetik tarbiyasini yuksaltirish;

san'at asarlarida milliy va umuminsoniy an'analarni yuksak darajada ifoda etilishiga erishish;

chet ellardagi ko‘rgazma va muzeylarda saqlanayotgan noyob asarlar bilan yaqindan tanishish, nusxa ko‘chirish hamda tajriba almashish maqsadida xorijiy mamlakatlarga talabalarning ijodiy safarlarini tashkil etish;

mamlakatimiz muzeylari fondlarini yuksak badiiy qiymatga ega bo‘lgan tasviriy san'at asarlari bilan muntazam boyitib borishga ko‘maklashish;

g) rassomlar tajriba ustaxonasiga qabul 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab bakalavr darajasiga ega tasviriy san'at sohalarida o‘z ijodiy qobiliyatini namoyon etgan 10 nafar ijodkorlar tanlov asosida qabul qilinadi;

d) rassomlar tajriba ustaxonasida ta'lim ikki yilni tashkil etadi va unda tahsil oluvchi shaxslarga stajyor-tadqiqotchi lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda stipendiya to‘lanadi.

Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga ko‘ra 2020 yil 1 martdan boshlab:

a) O‘zbekiston davlat mukofotini olgan shaxslar hamda Badiiy akademiyaning haqiqiy a'zolariga:

Badiiy akademiya tizimidagi ixtisoslashtirilgan san'at maktablari hamda maktab-internatlarida berayotgan darslari uchun oylik ish haqi respublika oliy ta'lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari uchun o‘rnatilgan miqdorda belgilanadi;

Markaz va rassomlar tajriba ustaxonasida berayotgan darslari uchun oylik ish haqi bazaviy lavozim maoshining 50 foizi miqdorida oylik ustamalar o‘rnatiladi;

soatbay ish haqi to‘lash shartlari bilan pedagogik ta'limga jalb etilgan taqdirda soatbay haq to‘lash miqdori 20 foizga ko‘paytirilgan holda to‘lanadi;

b) Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san'ati muzeyi rahbar va ilmiy xodimlarining ish haqi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga tenglashtiriladi;

v) Badiiy akademiya markaziy apparatining xodimlariga ularning mehnatiga haq to‘lash oylik jamg‘armasining 100 foizi miqdorida 2020 yil 1 apreldan Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan shaxsiy ustama belgilanadi.

Mavzuga oid