O‘zbekiston | 14:24 / 22.04.2020
9807
2 daqiqa o‘qiladi

Talabalar uchun yana bir davlat stipendiyasi ta'sis etildi 

2020 yil oktabr oyida buyuk musavvir va naqqosh Kamoliddin Behzod tavalludining 565 yilligini keng nishonlash yuzasidan bayram tadbirlari rejalashtirilgan

Foto: Norma.uz

Bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan maxsus tashkil etilgan tashkiliy qo‘mita shug‘ullanadi. Norma’ning yozishicha, bayram sanasiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida:

Toshkent shahrining ko‘chalaridan biriga uning nomi beriladi;

Behzod nomidagi Sharq miniatyura san'ati muzeyi xiyobonining zamonaviy qiyofada qayta tashkil etiladi (uning hududidagi haykal 2022 yilda bronzaga o‘tkaziladi);

hayoti va ijodi hamda uning Sharq tasviriy san'atiga qo‘shgan beqiyos hissasiga bag‘ishlangan hujjatli film markaziy TV-kanallarda namoyish etiladi;

2020 yilda ta'sis etiladigan “Kamoliddin Behzod izdoshlari” miniatyura va xalq amaliy san'ati asarlari yillik ijodiy tanlovi o‘tkaziladi;

Behzod va uning izdoshlari asarlari, xattotlik san'ati namunalari, zamonaviy miniatyura asarlari ko‘rgazmasi hamda ilmiy-amaliy konferensiyasining o‘tkaziladi;

“O‘zbekiston zamonaviy miniatyurasi” katalogi tayyorlanadi va nashr etiladi.
 
Kelgusida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining asosiy binosi atrof hududida qo‘shimcha o‘quv binosi va zamonaviy axborot-kutubxona markazi, ko‘rgazmalar galereyasini o‘z ichiga qamrab oluvchi yordamchi bino quriladi. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi 2020 yil 1 oktyabrga qadar loyiha (obekt) bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi va ekspertizadan o‘tkazilishini ta'minlashi darkor.
 
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab oliy ta'lim muassasalarida tasviriy va amaliy san'at hamda dizayn yo‘nalishida ta'lim olayotgan talabalar uchun Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini ta'sis etiladi.

Mavzuga oid