Abbosjon Mirzorahimov Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori etib tayinlandi.
Avvalgi rektor Nodirbek Sayfullayev boşqa işga ötişi munosabati bilan uşbu lavozimdan ozod qilingan. U institutga 2019 yil fevralida rahbar bölgandi.
Abbosjon Mirzorahimov 1997—2001 yillar Termiz davlat universiteti (bakalavr), 2001—2003 yillar Özbekiston Milliy universiteti (magistr), 2006 yil Özbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti (aspirantura), 2011—2012 yillarda Özbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasida tahsil olgan. Tarix fanlari nomzodi.
Abbosjon Mirzorahimov Madaniyat va sport işlari vazirligi Madaniy-ma’rifiy muassasalar, muzeylar, axborot resurs markazlari boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan. 2016 yil fevralida Özbekiston madaniyat va sport işlari vaziri örinbosari etib tayinlangandi.








