Moliya vazirligiga har yili iqtidorli yoşlarni taqdirlaş va moddiy rağbatlantiriş uçun zarur mablağlarni davlat budjetidan ajratiş vazifasi topşirildi.
Norma’ning yozişiça, nizomga muvofiq davlat stipendiyasi davlat oliy ta'lim muassasalari talabalariga Badiiy akademiya tomonidan ötkaziladigan tanlov natijalariga asosan tayinlanadi. Stipendiya ayrim yönalişlarning oxirgi ikki kursida ta'lim olayotgan bakalavriat bosqiçi talabalariga tayinlanadi. Davlat stipendiyasi kvotasi quyidagi ta'lim yönalişlarining har biri böyiça bittadan alohida-alohida taqsimlanadi:
- dastgohli rangtasvir;
- rangtasvir;
- grafika va miniatyura;
- haykaltaroşlik;
- amaliy san'at;
- dizayn;
- san'atşunoslik va muzeyşunoslik.
Uşbu röyxatga Vazirlar Mahkamasi tomonidan har öquv yili boşida ta'lim yönalişlaridagi ustuvorliklarni özgartiriş maqsadga muvofiqligidan kelib çiqqan holda Badiiy akademiya tavsiyasiga binoan özgartiriş va qöşimçalar kiritilişi mumkin.
Milliy axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniya ommaviy axborot vositalarida oliy ta'lim muassasalarida tasviriy va amaliy san'at hamda dizayn yönalişida ta'lim olayotgan iqtidorli va ijodkor talabalarning öz kasbiy va badiiy salohiyatini röyobga çiqarişdagi yutuqlari keng yoritilişini ta'minlaşi lozim.
Uşbu qaror prezidentning 21.04.2020 yildagi «Tasviriy va amaliy san'at sohasi samaradorligini yanada oşirişga doir çora-tadbirlar töğrisida»gi PQ-4688-son qarori ijrosini ta'minlaş maqsadida qabul qilingan.
Hujjat 7.11.2020 yildan kuçga kirdi.












