Qashqadaryo viloyat prokuraturasi oldida ayol kishi o‘zini yoqib yubordi. Bosh prokuratura rasmiy ma'lumot berdi
Fuqaro va uning oila a'zolari viloyat prokuraturasiga kelib, bino yaqinida ustiga yoqilg‘i sepib yoqib yuborishgan.

Foto: Ramiz Baxtiyarov
Joriy yil 19 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyat prokuraturasi oldida ayol kishi o‘zini yoqib yuborgani, uni qutqarmoqchi bo‘lgan otasi kuygani to‘g‘risida ma'lumotlar tarqaldi.
Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov tomonidan taqdim etilgan ma'lumotga ko‘ra, kuyganligi e'tirof etilayotgan fuqaro O.M. va uning oila a'zolari Koson tumanidagi MChJga qarashli yer maydonining bir qismini biron-bir hujjatsiz egallab, noqonuniy qurilish amalga oshirishgan.
Da'vogar MChJ raisi S.B. javobgar O.M.ni oila a'zolari bilan jamiyatga qarashli yer maydonidan majburiy tartibda chiqarish, noqonuniy qurilmalarni javobgarlar hisobidan buzdirish va tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilmaslik majburiyatini yuklash haqida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilgan.
Fuqaro O.M. va uning oila a'zolari sud tomonidan qonuniy qaror qabul qilinishini kutmasdan ushbu holat bo‘yicha viloyat prokuraturasiga murojaat qilishgan.
Viloyat prokuraturasi tomonidan O.M.ga ish fuqarolik sudida hal etilayotgani, barcha vajlariga sud muhokamasi jarayonida baho berilishi haqida qonuniy tushuntirishlar berilgan.
“Bundan tashqari, 2020 yil 18 fevral kuni ham O.M. oila a'zolari bilan birga viloyat prokuraturasida Koson tumani hokimi ishtirokida qabul qilinganda qurilishga 20 mln. so‘m sarflanganligini iddao qilishgan. Tuman hokimi tomonidan ularga qurilish noqonuniyligi va buzilishini, ammo kelgusida qonuniy yer uchastkasi ajratilishi va qurilishga homiylik yordami ko‘rsatilishi tushuntirilgan bo‘lsa-da, bu taklifni rad etishgan.
Shundan keyin, O.M. va uning oila a'zolari, nizoli uyda 19 fevral kuni ertalab fuqarolik ishlari bo‘yicha sudya, ekspert va mutaxassislar tomonidan o‘lchov ishlari amalga oshirilayotganligidan norozi bo‘lib, viloyat prokuraturasiga soat 10:30larda kelib, ishni o‘z foydasiga hal etish maqsadini ko‘zlab, viloyat prokuraturasi binosi yaqinida ustiga qisman yoqilg‘i sepib, norozilik harakatlari sodir etishgan”, - deyiladi ma'lumotda.
RShTYoIM viloyat filialining 19 fevral kungi ma'lumotnomasiga ko‘ra, fuqaro O.M.ning yelka va bo‘yin sohasida 5-6 foiz yengil kuyish jarohati aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
Jahon | 23:57 / 02.05.2025
-
Balida blekaut yuzaga keldi
Jahon | 23:18 / 02.05.2025
-
2 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:47 / 02.05.2025
-
Saida Mirziyoyeva AQSh Mustaqilligi kuni munosabati bilan tashkil etilgan qabulda ishtirok etdi
O‘zbekiston | 22:25 / 02.05.2025
Mavzuga oid

16:03 / 30.04.2025
Rossiya Bosh prokuraturasi o‘zbekistonlik migrantlarning huquqlariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish majburiyatini oldi

19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor

19:27 / 21.04.2025
Farg‘onadagi xususiy klinikaga burun operatsiyasi uchun borgan departament xodimi vafot etdi

16:04 / 26.03.2025