Joriy yil 19 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qaşqadaryo viloyat prokuraturasi oldida ayol kişi özini yoqib yuborgani, uni qutqarmoqçi bölgan otasi kuygani töğrisida ma'lumotlar tarqaldi.

Boş prokuratura jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bölimi boşliği Hayot Şamsutdinov tomonidan taqdim etilgan ma'lumotga köra, kuyganligi e'tirof etilayotgan fuqaro O.M. va uning oila a'zolari Koson tumanidagi MÇJga qaraşli yer maydonining bir qismini biron-bir hujjatsiz egallab, noqonuniy quriliş amalga oşirişgan.

Da'vogar MÇJ raisi S.B. javobgar O.M.ni oila a'zolari bilan jamiyatga qaraşli yer maydonidan majburiy tartibda çiqariş, noqonuniy qurilmalarni javobgarlar hisobidan buzdiriş va tadbirkorlik faoliyatiga tösqinlik qilmaslik majburiyatini yuklaş haqida fuqarolik işlari böyiça sudga murojaat qilgan.

Fuqaro O.M. va uning oila a'zolari sud tomonidan qonuniy qaror qabul qilinişini kutmasdan uşbu holat böyiça viloyat prokuraturasiga murojaat qilişgan.

Viloyat prokuraturasi tomonidan O.M.ga iş fuqarolik sudida hal etilayotgani, barça vajlariga sud muhokamasi jarayonida baho berilişi haqida qonuniy tuşuntirişlar berilgan.

“Bundan taşqari, 2020 yil 18 fevral kuni ham O.M. oila a'zolari bilan birga viloyat prokuraturasida Koson tumani hokimi iştirokida qabul qilinganda qurilişga 20 mln. söm sarflanganligini iddao qilişgan. Tuman hokimi tomonidan ularga quriliş noqonuniyligi va buzilişini, ammo kelgusida qonuniy yer uçastkasi ajratilişi va qurilişga homiylik yordami körsatilişi tuşuntirilgan bölsa-da, bu taklifni rad etişgan. 

Şundan keyin, O.M. va uning oila a'zolari, nizoli uyda 19 fevral kuni ertalab fuqarolik işlari böyiça sudya, ekspert va mutaxassislar tomonidan ölçov işlari amalga oşirilayotganligidan norozi bölib, viloyat prokuraturasiga soat 10:30larda kelib, işni öz foydasiga hal etiş maqsadini közlab, viloyat prokuraturasi binosi yaqinida ustiga qisman yoqilği sepib, norozilik harakatlari sodir etişgan”, - deyiladi ma'lumotda.

RŞTYoIM viloyat filialining 19 fevral kungi ma'lumotnomasiga  köra, fuqaro O.M.ning yelka va böyin sohasida 5-6 foiz yengil kuyiş jarohati aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.