Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xiva turk dunyosining madaniy poytaxti deb e'lon qilindi
Foto: KUN.UZ
O‘zbekistondagi Xiva tarixiy shahri 2020 yili turk dunyosining madaniy poytaxti deb e'lon qilindi. TURKSO‘Yning O‘sh shahridagi doimiy kengashi 37-yig‘ilishida tegishli qaror qabul qilindi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Qirg‘iziston madaniyat, axborot va turizm vaziri Azamat Jamankulov ushbu qaror bir ovozdan qabul qilinganini ta'kidladi.
Yig‘ilishda TURKSO‘Y bosh kotibi Dyusen Kaseinov, Ozarboyjon madaniyat vaziri o‘rinbosari Rafig Bayramov, Qozog‘iston madaniyat vaziri o‘rinbosari Nurkisa Dauyeshov, Turkiya madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Nodir Alparslon, Turkmaniston madaniyat vaziri o‘rinbosari Gurbanmurod Miradaliyev, shuningdek, Shimoliy Kipr turk respublikasi ta'lim va madaniyat vaziri Nozim Chovusho‘g‘li ishtirok etdi.
Turk dunyosi madaniy poytaxti sifatida har yili Turkiy tilli davlatlar shaharlaridan biri tanlab olinadi. 2019 yilda bu maqomga Qirg‘izistonning O‘sh shahri egalik qilmoqda. 2012 yilda Ostona shahri birinchi Turk dunyosi madaniy poytaxti bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:57 / 25.01.2026
Urganch–Xiva yo‘nalishida pulli avtomobil yo‘li quriladi
08:41 / 24.12.2025
Xivada IIB xodimi pora olayotganda ashyoviy dalillar bilan ushlandi
21:05 / 21.11.2025
Turizm qo‘mitasi tashkil etildi
22:01 / 22.10.2025