Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daraxtlarni kesishga moratoriy uzaytiriladi va javobgarlik keskin kuchaytiriladi - Prezident
Toshkent shahri va viloyat markazlarida ekologiya politsiyasi tashkil etiladi.
O‘zbekistonda daraxtlarni kesishga moratoriy 2024 yilga qadar uzaytiriladi va javobgarlik keskin kuchaytiriladi.
Preziyent videoselektorida ma'lum qilinishicha, o‘tgan 6 oyda moratoriy davrida 316 ming dona qimmatbaho daraxtlar asrab qolingan. Shu bilan birga. o‘tgan davrda 2,8 mingta qimmatbaho va 2 mingdan ziyod kam qimmatli daraxtlar noqonuniy kesilgan.
Shu bois, Toshkent shahri va viloyat markazlarida ekologiya politsiyasi tashkil etiladi.
Uning zimmasiga ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar, jumladan daraxtlarni ruxsatsiz kesish, brakonerlik, noqonuniy chiqindilar tashlash kabi holatlarga qarshi profilaktika vazifalari yuklatiladi.
Ekologiya politsiyasi Ichki ishlar tizimida faoliyat yuritadi.
Shu bilan birga, ekologiya sohasida qo‘llanadigan jarimalar miqdori 5 baravar, yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya miqdori 2 baravar oshiriladi.
«Barcha rahbarlar bir narsani aniq eshitib olsin. Bundan buyon birorta «yashil hudud» va jamoat parkida har qanday daraxtlarni kesish qat'iyan taqiqlanadi», dedi prezident.
Mavzuga oid
18:03 / 24.08.2025
Iordaniya podshohi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
17:16 / 18.07.2025
«Bu tabiatga beshafqat munosabat» – deputat tadbirkor Murod Nazarovning taklifini tanqid qildi
21:53 / 05.03.2025
Ekologiya vazirligi daraxtlar kesilishi kamayib borayotganini e’lon qildi
07:35 / 09.01.2025