Özbekiston Ekologik partiyasi vakili, Qonunçilik palatasi deputati Javlon Abdullayev tadbirkor Murod Nazarovning «daraxtlar banki» taşkil etiş haqidagi taklifiga munosabat bildirdi. Nazarov Toşkent şahrida uy-joy qurilişiga daraxtlar xalaqit qilayotgani, ularni kesişga qöyilgan moratoriy bekor qilinişi lozimligini bildirgan edi. Tadbirkor taklifiga köra, bir kesilgan daraxt örniga boşqa yerda bir neçta daraxtlar ekiladi.
Deputat Javlon Abdullayev bitta daraxtni katta qilib östiriş uçun kamida ön yillab vaqt, sabr va doimiy parvariş talab etilişini eslatdi.
«Har bir yetuk daraxt kislorodni çiqariş orqali havoni tozalaşi, şovqin darajasini pasaytirişi, haroratni tartibga solişi, tuproq eroziyasining oldini olişi kabi vazifalarni bajarişini nahotki developer bilmasa!?» – deya yozadi deputat.

Deputat taqdim etgan ma’lumotlarga köra, 2025 yilning birinçi olti oyi davomida daraxtlarni kesiş böyiça kelib tuşgan 3 235 ta ariza rad etilgani natijasida 453 238 ta daraxtni kesişning oldi olingan. Rad etilgan arizalarda körsatilgan daraxtlar orasida 86 309 tasi qimmatbaho navlarga mansub bölgan.
Abdullayevning ta’kidlaşiça, sönggi paytlarda «qayta ekiş» nomida köçirilayotgan yoki yangi ekilgan köçatlarning aksariyati kökarmayotgani, qurib qolayotganini jamoatçilik körib, kuzatib turibdi. Bu kabi tadbirlar, tabiatni asraş emas, aksinça, faqat daraxtlarni yöq qiliş orqali ekologiyani yanada yomon ahvolga solayotganini körsatmoqda, deydi deputat.
«Şuningdek, bu kabi yondaşuv nafaqat ekologik muvozanatga, balki Özbekiston qonunçiligida mustahkamlangan atrof-muhitni muhofaza qiliş tamoyillariga mutlaqo zid hisoblanadi. Agar har kim daraxtni öz hududidagi tösiq sifatida körib, uni kesişni „muqobil ekiş“ bilan almaştirsa, bu – tabiatga qarşi oçiqçasiga tajovuz, ya’ni ekologik jinoyat sanaladi», – deya yozgan Abdullayev.
Ekologik partiya vakili rivojlangan mamlakatlarda noqonuniy kesilgan har bir daraxtning hatto santimetri uçun moliyaviy javobgarlik belgilangani — ayrim hollarda developerdan yerni qaytarib olişgaça boriladi, daraxtlarni kesiş emas, hattoki şikastlangan va qurib qoliş xavfi ostidagi daraxtlarni «tiriltiriş» böyiça işlar olib borilayotganini qayd etdi. Özbekistonda ham bu borada keskin çoralar köriş, qonunçilikka ana şunday ta’sirli mexanizmlarni joriy etiş vaqti yetib keldi, deydi partiya vakili.

















