2025 yil 1 sentabrdan boşlab yovvoyi holda ösuvçi ösimliklarni yiğiş va tayyorlaş uçun tasdiqlangan kvotalar hamda ösimlik dunyosi obektlaridan maxsus foydalaniş uçun ruxsatnomalar elektron auksion orqali berilişi kutilmoqda.
Hayvonot dunyosi yöqotişlarining örnini qoplaş maqsadida 2025 yil 1 sentabrdan 2028 yil 1 yanvarga qadar Özbekiston hududida ov qilişga moratoriy (çeklov) joriy qilinişi kutilmoqda.
Bunda moratoriy fermalar, pitomniklar, inkubatorlar, baliqçilik pitomniklari va hovuz xöjaliklarida saqlanayotgan va (yoki) yetiştiriladigan yovvoyi hayvonlarni ovlaş hamda sanitar maqsadlarda ov qilişga tatbiq etilmaydi.
Şu bilan birga, ovçilarga muqobil maşğulot sifatida hududlarda öq otiş sportiga ixtisoslaştirilgan maxsus poligonlarda xizmat körsatiş yölga qöyiladi.
Şaharlardagi tabiiy suv havzalari ixtiofaunasining populyatsiyasini qayta tiklaş maqsadida respublikaning markaziy şaharlaridan oqib ötuvçi daryo va soylarda 2025 yildan boşlab, har yili 15 tonnadan kam bölmagan çavoqlantiriş işlari amalga oşiriladi.







