O‘zbekiston | 09:51 / 10.03.2021
11696
2 daqiqa o‘qiladi

Milliy gvardiya xodimlariga uy ijarasi uchun oylik kompensatsiya to‘lanadi. Bunga budjetdan bir yilda 782 mln so‘m ajratiladi

Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari xodimlariga turar joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, mazkur loyiha “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risida”gi qonunning 37-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan.

Xususan, “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risida”gi qonun 37-moddasida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilariga (xodimlariga) turar joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorlarda pullik kompensatsiya to‘lanishi nazarda tutilgan.

Bildirilishicha, hozirgi kunda Milliy gvardiya organlari xodimlari tomonidan turar joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun pullik kompensatsiya to‘lanishini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat mavjud emas.

Shu bois, mazkur sohadagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida tegishli normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish zarurati mavjudligi aytiladi.

Qaror loyihasi bilan Milliy gvardiya organlari xodimlariga turar joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash nazarda tutilmoqda.

Nizomda Milliy gvardiya organlari xodimlariga turar joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun pul kompensatsiyasi to‘lash miqdori va tartibi batafsil yoritilgan.

Loyiha Milliy gvardiya organlari xodimlarining turar joylarni ijaraga olganligi (ijarada turganligi) uchun pullik kompensatsiya to‘lash tartibini belgilovchi huquqiy asos yaratilishiga, shuningdek Milliy gvardiya organlari xodimlarini ijtimoiy jihatdan himoya qilish samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Ta'kidlanishicha, qaror loyihasi davlat budjetidan qo‘shimcha ravishda bir yilda 782 mln so‘m mablag‘ ajratilishini talab etadi.

Mavzuga oid