Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahri bekatlaridagi marketlar yopiladi
Illyustrativ foto/olx
Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi J.Ortiqxo‘jayev Toshkent shahar yoshlar markazida bo‘lib o‘tgan yoshlar bilan uchrashuvda bu haqda aytib o‘tdi, deb yozmoqda O‘zA.
U poytaxt yoshlarini mamlakatda birinchi marta nishonlanayotgan bayram – Yoshlar kuni bilan chin qalbdan samimiy tabrikladi. Shundan so‘ng yoshlarning fikrlari, takliflari, iltimoslarini tingladi.
Yoshlar vakillaridan birining poytaxtda joylashgan bekatlarda yoshlar kutubxonasi, wi-fi hududlari va boshqa imkoniyatlarga ega kichik yoshlar markazi tashkil etish loyihasini tinglar ekan, shunday javob qaytardi.
– Buni bekatlardan boshqa yerda tashkil etsak maqsadga muvofiq, chunki bekat transportlar, avtobuslar to‘xtashi uchun. Ko‘pchilik «do‘kon» qurmoqda natijada avtomashinalar to‘xtab, jamoat transportlari harakatiga xalaqit qilmoqda. Yaqin kunlarda bekatlarda do‘kon bo‘lmaydi. Bekat bekatligicha qoladi, – dedi Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi J.Ortiqxo‘jayev.
Mavzuga oid
10:13
Kichik halqa yo‘lining bir qismi vaqtincha yopiladi
12:07 / 27.03.2026
Toshkentda yangi sanoat zonalariga moratoriy joriy etiladi
11:36 / 25.03.2026
Nurafshon va Bektemirni bog‘lovchi tezyurar avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
14:51 / 24.03.2026