Toşkent şahar hokimi vazifasini bajaruvçi J.Ortiqxöjayev Toşkent şahar yoşlar markazida bölib ötgan yoşlar bilan uçraşuvda bu haqda aytib ötdi, deb yozmoqda ÖzA.

U poytaxt yoşlarini mamlakatda birinçi marta nişonlanayotgan bayram – Yoşlar kuni bilan çin qalbdan samimiy tabrikladi. Şundan söng yoşlarning fikrlari, takliflari, iltimoslarini tingladi. 

Yoşlar vakillaridan birining poytaxtda joylaşgan bekatlarda yoşlar kutubxonasi, wi-fi hududlari va boşqa imkoniyatlarga ega kiçik yoşlar markazi taşkil etiş loyihasini tinglar ekan, şunday javob qaytardi. 

– Buni bekatlardan boşqa yerda taşkil etsak maqsadga muvofiq, çunki bekat transportlar, avtobuslar töxtaşi uçun. Köpçilik «dökon» qurmoqda natijada avtomaşinalar töxtab, jamoat transportlari harakatiga xalaqit qilmoqda. Yaqin kunlarda bekatlarda dökon bölmaydi. Bekat bekatligiça qoladi, – dedi Toşkent şahar hokimi vazifasini bajaruvçi J.Ortiqxöjayev.