Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ravon R2 Rossiyadagi eng arzon yangi avtomobillar ro‘yxatida beshinchi bo‘ldi
Foto: Drive2
Rossiya avtomobil bozorida eng arzon yangi avtoulovlar ro‘yxatida Ravon R2 beshinchi pog‘onani band qilmoqda. «Rossiyskaya gazeta» tomonidan tayyorlangan ro‘yxatni boshlang‘ich qiymati 389 900 rubl bo‘lgan Lada Granta sedan avtomobili boshqarib turibdi.
GM Uzbekistan tomonidan ishlab chiqarilayotgan Ravon R2 avtomobilining praystlistda ko‘rsatilgan dastlabki narxi 439 900 rubl bo‘lib, Lada Kalina avtomobilidan ham arzon (440 600 rubl) turishi ma'lum bo‘ldi. Shuningdek, ro‘yxatning ikkinchi va uchinchi pog‘onasida Lada Priora va Lada Granta liftbek ulovlari ko‘rsatilgan.
Ro‘yxatning birinchi o‘ntaligidan Ravon Nexia sedan, Lada 4x4 va Renault Logan mashinalari ham o‘rin olgan.
Mavzuga oid
09:37 / 22.08.2019
Ravon avtomobillari Rossiya bozoriga qaytdi
22:25 / 31.05.2019
Video: Ravon Nexia R3 Rossiya halqa poygalari seriyasi ikkinchi bosqichida g‘alaba qozondi
12:59 / 23.05.2019
Rossiyada Ravon avtomobillarini ishlab chiqarish boshlanadi
23:46 / 14.04.2019