Qoraçoy-Çerkasiya Respublikasidagi «DerVeys» avtomobil zavodida Ravon avtomobillarini işlab çiqariş boşlanadi.
Bu haqda respublika rahbari Raşid Temrezov hokimiyat organlarining 2018 yilgi faoliyati yakunlari böyiça deputatlarga yöllagan murojaatida xabar berdi. Uning nutqi matni mintaqa hukumati rasmiy saytida e'lon qilindi.
Uning sözlariga köra, qöşma loyiha Rossiya hamda Özbekiston örtasidagi hamkorlik doirasida tasdiqlangan.
«Ayni paytda «DerVeys» mahsulotni sertifikatlaş jarayonini amalga oşirmoqda. Yilning ikkinçi yarmidan boşlab zavod Ravon avtomobillarini yiğiş va işlab çiqariş böyiça loyihani amalga oşirişni rejalaştirmoqda», - deydi Temrezov.
Bundan oldin, Ravon Rossiyada qatorasiga 11 oydan beri avtomobil sotmayotgani xabar berilgandi.
2019 yilning aprelida kompaniya bitta dona ham avtomobil sotmadi, sababi ular sotuvda yöq. Taqqoslaş uçun, 2018 yil aprel oyida 576 dona maşina sotilgan, 2018 yil yanvar-aprel oylarida - 4676 dona avtomobil.
Hozirda kompaniyaning bozordagi uluşi 0%ni taşkil qiladi. Bu Ravon oxirgi marta Rossiyada 2018 yilning may oyida avtomobil sotganligi bilan izohlanadi. Öşanda ular Rossiyadagi aksariyat dilerlik markazlaridan ğoyib böldi.
Özbekiston 2018 yil örtalarida avtomobil eksportini töxtatdi. Yil oxiriga kelib, «Özavtosanoat» taşqi bozorlardagi vaziyatni örganiş uçun bir partiya avtomobillar jönatilgani töğrisida xabar berdi. Keyinçalik, köplab mamlakatlarga eksport tiklandi, biroq an'anaviy tarzda asosiy bozorlardan biri hisoblangan Rossiya böyiça işlar töxtab qoldi.








