“UzAvtoMotors SNG” kompaniyasi UzAuto Motors (avvalgi General Motors Uzbekistan) zavodi işlab çiqargan Ravon avtomobillari Rossiyaga yana yetkazila boşlanganini ma'lum qildi.
“UzAvtoMotors SNG” Ravon avtomobillarining Rossiyadagi rasmiy distribyutori hisoblanadi.
Ravon Rossiya bozoriga R2 xetçbegi (Chevrolet Spark), Nexia R3 (avvalgi avloddagi Chevrolet Aveo) va R4 (Chevrolet Cobalt) sedanlari bilan qaytmoqda.
Maşinalar sentyabrdan sotila boşlanadi.
GM Uzbekistan zavodi 2018 yil mayidan Rossiyaga Ravon avtomobillari yetkazilişini töxtatgan edi. Utilizatsiya yiğimlari tariflari oşgani tufayli narx siyosatining qayta körib çiqilişi hamda yangi modellar işlab çiqariş uçun korxona işlab çiqariş quvvatlarining katta kölamli modernizatsiyasi ötkazilişi bunga sabab sifatida körsatilgandi.








