Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Professional ta'lim muassasalarida dual ta'lim tizimi joriy etiladi
“O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilidan:
amaliyotga yo‘naltirilgan ta'lim dasturlarini joriy etish maqsadida professional ta'lim muassasalarida dual ta'lim tizimi joriy etiladi;
dual ta'lim tizimi asosida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan o‘quvchilarga ish beruvchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq ish haqi to‘lanadi;
professional ta'lim muassasalarida o‘quvchilarning kasbiy malakasini WorldSkills standartlari asosida baholash tartibi bosqichma-bosqich joriy qilinadi va ishchi kasblar bo‘yicha ”WorldSkills Uzbekistan” musobaqalari o‘tkaziladi;
professional ta'lim muassasalariga xorijiy mamlakatlardagi ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta'lim dasturlari asosida o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlashni tashkil etish vakolati beriladi.
Avvalroq, pedagog kadrlar tayyorlaydigan OTMlarga xalq ta'limi sohasi xodimlarining malakasini oshirish huquqi berilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
19:00 / 17.02.2026
Xorazmda yangi ta’lim markazi: Osiyo xalqaro universiteti talabalarga qanday imkoniyatlar taqdim etadi?
18:25 / 17.02.2026
Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markaziga yangi rahbar tayinlandi
20:24 / 16.02.2026
Hilola Umarova PA o‘rinbosari lavozimidan ketdi
12:36 / 13.02.2026