Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Solijon Sharipov va Vladimir Shamanov Qonunchilik palatasiga bordi
Hozirda Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasining Mudofaa bo‘yicha qo‘mitasi raisi, Rossiya qahramonlari assotsiatsiyasi prezidenti Vladimir Shamanov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.
Joriy yilning 15 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Rossiya qahramonlari assotsiatsiyasi delegatsiyasi a'zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv avvalida mehmonlarga 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq mamlakatda olib borilayotgan tub islohotlar xususida ma'lumot berildi. Xorijiy mamlakatlar, jumladan, Rossiya Federatsiyasi bilan parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.
Delegatsiya a'zolari prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda qisqa vaqt mobaynida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarga yuqori baho berdi. Shuningdek, aloqalarni mustahkamlash, barcha sohada jadal rivojlanib borayotgan O‘zbekiston-Rossiya hamkorligini yanada kengaytirish xususida fikr bildirgan mehmonlar, o‘z navbatida, delegatsiyaning Jizzax hamda Samarqand viloyatlariga tashrifi yuqori darajada tashkil etilgani uchun minnatdorlik izhor etdi.
Muloqot chog‘ida taniqli o‘zbek fazogiri, Rossiya Qahramoni Solijon Sharipov ham so‘zga chiqib, o‘zi mehnat qilayotgan Fazogirlar tayyorlash markazi faoliyati to‘g‘risida gapirib berdi.
Uchrashuvda tomonlar mazkur muloqotdan qanoatlanish hosil qilgani hamda kelgusida samarali va konstruktiv hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini bildirdi.
Mavzuga oid
21:07 / 13.01.2026
Bolaga ota ismini familiya sifatida berishga ruxsat etilishi mumkin
09:00 / 28.12.2025
2026 yilgi rejalar, yangi gaz koni va budjetning yopiq muhokamasi - hafta dayjesti
13:29 / 25.12.2025
Deputatlar qonundan tashqari ishlatilgan 41 trln so‘m xarajatni “yashirincha” tasdiqlab bergan
14:30 / 25.11.2025