O‘zbekiston | 09:39 / 16.05.2023
7037
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yagona avtomatlashtirilgan tabiiy gaz harakati tizimi joriy etiladi

2023 yil 1 iyulgacha barcha tabiiy gazni qabul qilish va uzatish nuqtalariga onlayn elektron hisoblagichlar o‘rnatiladi va ular soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinib, yagona avtomatlashtirilgan tabiiy gaz harakati tizimi joriy etiladi.

Foto: Getty Images

“Tabiiy gaz va suyuq uglevodorodni qazib chiqarish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish hisobini yuritish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga asosan, 2023 yil 1 iyulgacha barcha tabiiy gazni qabul qilish va uzatish nuqtalariga onlayn elektron hisoblagichlar o‘rnatiladi. Mazkur hisoblagichlar soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinib, yagona avtomatlashtirilgan tabiiy gaz harakati tizimi joriy etiladi.

2023 yil 1 oktyabrdan O‘zbekistondan tabiiy gazni quvurlar orqali tashiydigan korxonalarning gazni qabul qilish va uzatish nuqtalariga xromatograf hamda elektron hisoblagichlar o‘rnatilishi majburiy hisoblanadi. 2023 yil 1 iyulgacha tabiiy gaz va suyuq uglevodorodni realizatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnomalarga oid ma’lumotlarni kiritish uchun axborot tizimi joriy etiladi. 

2023 yil 1 oktyabrdan: tabiiy gaz va suyuq uglevodorodni realizatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnomalarga oid ma’lumotlar Soliq qo‘mitasining axborot tizimiga kiritib boriladi; mazkur shartnomalar yuzasidan elektron hisobvaraq-fakturalar Soliq qo‘mitasining axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlar asosida shakllantiriladi.

2024 yil 1 oktyabrgacha respublikada qo‘shimcha 2 ta gaz o‘lchash stansiyasi quriladi.

Mavzuga oid