Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident neft-gaz tarmog‘ida ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlashni buyurdi
Shavkat Mirziyoyevga 14 aprel kuni neft-gaz tarmog‘ida barqaror ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini ta’minlash va moliyaviy-iqtisodiy samaradorlikni oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan hisobot berildi.
“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tizimida joriy yilning birinchi choragi yakunlari, ikkinchi chorakdagi asosiy vazifalar, ishlab chiqarish hamda moliyaviy ko‘rsatkichlar dinamikasi ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlanishicha, tarmoqda qazib chiqarish hajmlarini barqarorlashtirish, mavjud yo‘qotishlarni qoplash, quduqlarni ishga tushirish, ta’mirlash va texnologik tadbirlar izchillik bilan olib borilmoqda. Shu bilan birga, xarajatlarni maqbullashtirish, debitor qarzdorlikni qisqartirish, resurslardan samarali foydalanish hamda ayrim yo‘nalishlarda bozor mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlanmoqda.
Quduqlar samaradorligini oshirish va qazib chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Bu borada xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikda bir qator texnologik yechimlar o‘rganilayotgani va ularni bosqichma-bosqich amaliyotga kiritish ko‘zda tutilayotgani ta’kidlandi.
Geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish, yangi istiqbolli maydonlarni aniqlash va ularni o‘zlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ham axborot berildi.

Jumladan, 2D va 3D seysmik-qidiruv tadqiqotlari ko‘lamini oshirish, yangi maydonlarda burg‘ilash ishlarini boshlash, burg‘ilash dasturlarini xalqaro talablar asosida tashkil etish, shuningdek, supervayzing, geologik-gidrodinamik modellashtirish va loyihalashtirish jarayonlarini yanada takomillashtirish choralari ko‘rilmoqda. Qayd etilganidek, joriy yilda bir qator yangi maydonlarda ish boshlangan bo‘lib, navbatdagi bosqichlarda bu ishlar yanada kengaytiriladi.
O‘rta muddatli dasturlar doirasida qiyin o‘zlashtiriladigan zaxiralarda ishlash, chuqur va murakkab quduqlarni burg‘ilashda ilg‘or xorijiy tajribani jalb etish muhimligi ta’kidlandi.
Davlat rahbari neft-gaz tarmog‘ida ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash, mavjud quvvatlardan unumli foydalanish, geologiya-qidiruv, burg‘ilash va ta’mirlash ishlarini tizimli asosda tashkil etish, moliyaviy intizomni mustahkamlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.
Mavzuga oid
19:05 / 14.04.2026
“Aslida bu – korrupsiya!” - Shavkat Mirziyoyev qurilish qilish uchun berilgan arizalarning ko‘p rad etilishi haqida
17:02 / 14.04.2026
Qariyb 20 million odam shaharlarda yashamoqda – prezident mamlakatdagi urbanizatsiya darajasi haqida
22:31 / 13.04.2026
Buxoroda prezidentlar nimani gaplashdi?
20:39 / 13.04.2026