Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda joriy yilda 4,3 mlrd kVt soat elektr va 2,8 mlrd metr kub gazni tejash maqsad qilindi
Prezident farmoniga ko‘ra, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obektlarining energiya samaradorligi yanada oshiriladi, energiya tejamkor texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy qilish kengaytiriladi.
O‘zbekistonda 2026 yilda 4,3 milliard kVt soat elektr energiyasi hamda 2,8 milliard metr kub tabiiy gazni tejash maqsad qilingan bo‘lib, jumladan, respublika hududlarida:
yakka tartibdagi va ko‘p kvartirali uylar, ijtimoiy soha obektlarining energiya samaradorligini oshirish hamda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarda zamonaviy energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish hisobidan 2,6 mlrd kVt soat elektr energiyasi va 934,4 mln metr kub gaz;
yirik quyosh va shamol elektr stansiyalarida qo‘shimcha 4,3 mlrd kVt soat yashil energiya ishlab chiqarish hisobidan 1,3 mlrd metr kub tabiiy gaz;
og‘ir toifadagi mahallalarda 270 MVt lik kichik quvvatdagi quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish hisobidan 35 mln metr kub tabiiy gaz;
25 ta yirik tarmoq korxonalarida elektr energiyasi va tabiiy gazdan oqilona foydalanish hisobidan 1,6 mlrd kVt soat elektr energiyasi va 553 mln metr kub tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.
Mavzuga oid
09:00 / 10.05.2026
Bekor bo‘lgan peshlavha “solig‘i”, anti-SLAPP zarurati va SSVda iste’folar - hafta dayjesti
22:31 / 05.05.2026
Mart oyida 2,7 mlrd kub gaz qazib olindi. Bu o‘tgan yilning mos davridagidan 30 foizga kam
11:12 / 21.04.2026
Gaz uchun qancha to‘laysiz va to‘lov qanday hisoblanadi?
22:27 / 14.04.2026