“Tabiiy gaz va suyuq uglevodorodni qazib çiqariş, qayta işlaş hamda realizatsiya qiliş hisobini yuritiş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida” prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga asosan, 2023 yil 1 iyulgaça barça tabiiy gazni qabul qiliş va uzatiş nuqtalariga onlayn elektron hisoblagiçlar örnatiladi. Mazkur hisoblagiçlar soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinib, yagona avtomatlaştirilgan tabiiy gaz harakati tizimi joriy etiladi.

2023 yil 1 oktyabrdan Özbekistondan tabiiy gazni quvurlar orqali taşiydigan korxonalarning gazni qabul qiliş va uzatiş nuqtalariga xromatograf hamda elektron hisoblagiçlar örnatilişi majburiy hisoblanadi. 2023 yil 1 iyulgaça tabiiy gaz va suyuq uglevodorodni realizatsiya qiliş töğrisidagi şartnomalarga oid ma’lumotlarni kiritiş uçun axborot tizimi joriy etiladi. 

2023 yil 1 oktyabrdan: tabiiy gaz va suyuq uglevodorodni realizatsiya qiliş töğrisidagi şartnomalarga oid ma’lumotlar Soliq qömitasining axborot tizimiga kiritib boriladi; mazkur şartnomalar yuzasidan elektron hisobvaraq-fakturalar Soliq qömitasining axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlar asosida şakllantiriladi.

2024 yil 1 oktyabrgaça respublikada qöşimça 2 ta gaz ölçaş stansiyasi quriladi.