Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda 2 ming o‘rinlik maxsus karantin zonasi barpo etilmoqda
Nukusda 2000 o‘ringa mo‘ljallangan koronavirusli bemorlar uchun maxsus davolash markazlari tashkil etilmoqda. Bu haqda Kun.uz’ga Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi ma'lum qildi.
Xabar qilinishicha, bemorlar uchun taqsimot markazlari Nukus shahrining turli hududlarida tashkil qilinmoqda:
- Nukus iqtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining ikkita sport zalida 336 o‘rinlik;
- Nukus sport maktabining 7ta zalida 390 o‘rinlik;
- Ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida 168 o‘rinlik markaz tashkil etilmoqda.
Nukus garnizonida 5 gektar maydonda esa 1000 o‘rinli konteynerlardan iborat karatin zonasi qurilmoqda. Zona qoshida 100 nafar bemorni davolashga mo‘ljallangan klinika qurilishi ham boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Urganch shahrida koronavirus yuqtirib olgan bemorlarni davolash uchun maxsus markazlar tashkil etilayotgani haqida xabar berilgandi.




Mavzuga oid
12:42 / 27.11.2025
Saida Mirziyoyeva Nukusdagi yangi Karakalpak Palace Hotel mehmonxonasi bilan tanishdi
13:31 / 05.11.2025
Qoraqalpog‘iston: tuz sanoatiga yirik sarmoyalar yo‘naltiriladi
12:34 / 05.11.2025
Qoraqalpog‘istonda xorijiy investitsiyalar hisobidan Yoshlar markazi barpo etiladi
17:33 / 28.10.2025