«Qoraqalpoğiston Respublikasida maxsus mayning zonasini taşkil etiş va uning faoliyatini yölga qöyiş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga köra, “Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasi taşkil etiladi.
Maxsus zonaning hududi Qoraqalpoğiston Respublikasining butun hududi hisoblanadi.
Maxsus zona doirasida quyidagilarga ruxsat beriladi:
- mayningni amalga oşiriş uçun yagona elektr energetika tizimi va barça turdagi qayta tiklanuvçi energiya manbalar, şuningdek, vodorod elektr stansiyasida işlab çiqarilgan elektr energiyasidan foydalanişga;
- mayning natijasida olingan kripto-aktivlar belgilangan tartibda milliy kripto-birjalar yoki xorijiy platformalar orqali, şu jumladan, töğridan-töğri şartnomalar asosida sotilişiga va (yoki) ularni boşqa likvidli kripto-aktivlarga ayirboşlaşga va boşqalar.
“Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasi direksiyasi” taşkil etiladi.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) mayning faoliyatini amalga oşiriş uçun ruxsatnomalar beriş böyiça işçi organ etib belgilandi.
Talabgorlar (yuridik şaxslar) maxsus zona rezidentligini va mayning faoliyatini amalga oşiriş uçun ruxsatnoma oliş töğrisida ariza bilan Direksiyaga murojaat qiladi.
2035 yil 1 yanvarga qadar rezidentlarning mayning faoliyatini amalga oşiriş bilan boğliq operatsiyalardan olingan daromadlari soliqlar va yiğimlardan ozod qilinadi.








