O‘zbekistonda elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi 78,5 mln so‘mgacha oshirildi
Hukumat 2025 yil 1 maydan boshlab import qilinadigan elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imini oshirishga oid qarorni imzoladi. U transport vositasi ishlab chiqarilgan yiliga qarab 45 mln so‘mdan 78,5 mln so‘mgacha bo‘ladi.

Foto: Energetika vazirligi
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov elektromobillarga utilizatsiya yig‘imi miqdorini oshirish to‘g‘risida qaror imzoladi.
2025 yil 1 maydan e’tiboran, ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan elektromobillar uchun BHMning 120 baravari (45 mln so‘m) miqdorida utilizatsiya yig‘imi undiriladi. Bu – amaldagi yig‘im miqdori (30 BHM, 11 mln 250 ming so‘m)dan 4 barobarga ko‘p.
Ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshgan elektromobillar uchun esa utilizatsiya yig‘imi miqdori BHMning 210 baravari (78,75 mln so‘m) deb belgilanadi. Bu – amaldagi yig‘im miqdori (90 BHM, 33 mln 750 ming so‘m)dan 2,3 barobarga ko‘p.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu qarorda belgilangan utilizatsiya yig‘imlarini yig‘ish hamda ulardan samarali foydalanish tartibini ishlab chiqadi.
Qarorda yozilishicha, hujjat “mamlakatda yashil texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish, elektromobillarning yaroqsiz holga kelib qolgan batareyalarini atrof-muhitga keskin zarar yetkazmagan holda utilizatsiya qilishni ta’minlash hamda sohada mahalliylashtirish ishlarini yanada jadallashtirish maqsadida” qabul qilingan.
O‘zbekistonda 2025 yildan elektromobil akkumulyatorlari uchun utilizatsiya yig‘imi joriy etish taklif qilinayotgani o‘tgan yilning oktyabrida ma’lum bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda milliy turizm yagona platformasi ishlab chiqilmoqda
O‘zbekiston | 09:50
-
Tramp Uolsni ishdan bo‘shatdi. Signal mojarosi yagona sabab emas
Jahon | 09:36
-
Germaniya TIV Rubio bilan "Germaniya uchun muqobil" bo‘yicha bahsda: Bu - demokratiya
Jahon | 09:31
-
Toshkentda daraxtga urilgan BYD yonib ketdi
O‘zbekiston | 09:10
Mavzuga oid

15:29 / 02.05.2025
Prezident Xorazmda arzon avtomobil ishlab chiqarish boshlanishini aytdi

14:14 / 01.05.2025
Elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi 4 barobarga oshdi

11:55 / 26.04.2025
Avtomobil bozoridagi monopoliya: O‘zbekiston bitta xatoni ikkinchi marta takrorlaydimi?

20:34 / 24.04.2025