O‘zbekiston | 21:13 / 16.03.2022
8320
2 daqiqa o‘qiladi

16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilaridan o‘z vaqtida pasport (ID karta) olish so‘raladi – XTV

Maktab bitiruvchilarining 31 foizi hali pasport (ID-karta) olmagan. Lekin bu hujjatsiz ular OTMga hujjat topshira olmaydi.

Foto: advice

Xalq ta’limi vazirligining ma’lum qilishicha, joriy o‘quv yilida maktablarni 390 mingdan ortiq o‘quvchilar bitiradi. Bitiruvchilarning elektron ma’lumotlar bazasi attestat.uzedu.uz saytiga kiritilgan 16 yoshga to‘lgan 122 mingdan ortiq (31 foiz) bitiruvchi  pasport olmagan.

Pasport (ID karta) bitiruvchilarning OTMlarga hujjat topshirishi uchun muhim.

“OTMlarga abituriyentlarning hujjatlari Davlat test markazining abitur.dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi. Abituriyentlar endi avvalgidek oliy ta’lim muassasalariga ovora bo‘lib borishlari, uzundan-uzoq navbatga turishlariga hojat qolmadi.

Onlayn hujjat topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami -JShShIR) kiritish talab etiladi. Shu bois, 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilar o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishlari zarur.

Bu jarayonda bitiruvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida attestat.uzedu.uz elektron bazasi DTM abitur.dtm.uz sayti bilan integratsiya qilingan”, deyiladi vazirlik xabarida.

Vazirlik ota-onalardan maktab bitiruvchilariga vaqtida pasport olib berishni, maktablar ma’muriyatidan esa bitiruvchilarning pasport ma’lumotlarini attestat.uzedu.uz saytiga kiritib, ularga keyinchalik OTMga hujjat topshirishda ko‘maklashishni so‘radi.

Mavzuga oid