O‘zbekiston | 11:00 / 02.03.2026
1858
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

InfinBANK terminallari orqali tushumni 1 daqiqada 24/7 hisobga o‘tkazish xizmatini yo‘lga qo‘ydi

Tadbirkor uchun hisobraqamga pul tushish tezligi ko‘pincha savdoning o‘zidan ham muhimroq. Tushum ikki-uch kunga “ushlanib” qolsa, biznes mablag‘ aylanmasi, moslashuvchanlik va tezkor qaror qabul qilish imkoniyatini yo‘qotadi.

Foto: InfinBANK

InfinBANK terminallar bilan ishlashning odatiy usulini o‘zgartiruvchi yechimni taklif qiladi. Bank zamonaviy POS-terminallarni ijaraga berib, ularni atigi bir ish kunida ulab beradi. Tadbirkor texnik jihatlarni o‘rganib o‘tirishi shart emas — bank mutaxassislari so‘rov topshirishdan to to‘liq ishga tushirishgacha bo‘lgan jarayonni nazorat qilib boradi.

Voqeani sharhlar ekan, InfinBANK Boshqaruvi raisining o‘rinbosari Alesiya Frolova shunday dedi:

“Biz O‘zbekistonda birinchi bo‘lib tushumni terminallar orqali 60 soniyada hisobga o‘tkazishni taklif qilmoqdamiz va bu xizmat dam olish hamda bayram kunlari ham istisnosiz, 24/7 rejimida ishlaydi! Biz biznesga kassa uzilishlarining oldini olishga, o‘z pulini darhol qo‘lga kiritishga yordam beramiz va bu savdoni nazorat qilish imkonini beradi: terminaldagi savdo = hisobraqamda mablag‘”.

Asosiy afzalligi — mablag‘larning hisobraqamga kelib tushish tezligi. InfinBANK O‘zbekistonda to‘lovdan so‘ng bir daqiqa ichida, kun va haftaning qaysi vaqti bo‘lishidan qat’i nazar, terminal orqali tushumni ta’minlaydigan birinchi bankdir. Mijoz xarid uchun kartadan to‘lov qiladi va pul deyarli o‘sha zahoti tadbirkorning hisobraqamiga kelib tushadi — hatto tunda, dam olish yoki bayram kunlari ham.

Ish yuritishning bunday formati biznesni kassa uzilishlaridan himoya qiladi. Mablag‘lar hisobga o‘tishini kutib, bir necha kun “muallaq” turib qolmaydi, balki yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitob qilish, xaridlar va boshqa joriy to‘lovlar uchun darhol foydalanishga tayyor bo‘ladi. Natijada pul oqimi oldindan taxmin qilinadigan va boshqariladigan holatga keladi.

Yana bir afzalligi — shaffoflik. Kartalar bo‘yicha barcha amaliyotlar hisobraqamda zudlik bilan aks etadi, bu esa tadbirkorga real vaqt rejimida savdo va haqiqiy tushumni to‘liq nazorat qilish imkonini beradi.

Aslida, bu yerda gap shunchaki terminallarni ijaraga olish haqida emas, balki mablag‘larni boshqarishning yangi bosqichiga o‘tish to‘g‘risida ketmoqda. Kichik va o‘rta biznes uchun bu tanaffuslarsiz ishlash, mablag‘larni tezroq aylantirish hamda shu yerning o‘zida qaror qabul qilish imkoniyatidir.

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid