Yilning asosiy yutuqlari bir qancha yo‘nalishni qamrab oldi — raqamli xizmatlar, mijozlar tajribasi, texnologik liderlik hamda korporativ madaniyatni rivojlantirish.
Texnologik liderlik va Visa tomonidan e’tirof etilishi
2025 yilda InfinBANK xalqaro to‘lov tizimi Visa tomonidan ikki nufuzli mukofotga sazovor bo‘ldi. Bu bankning global miqyosda raqobatbardosh ekanligini tasdiqlovchi muhim e’tirof bo‘ldi.

Best Credit Card Issuer
Ushbu mukofot kredit kartalari bo‘yicha eng jozibali shartlarni taklif etuvchi va mijozlarga xizmat ko‘rsatish darajasi yuqori bo‘lgan banklarga beriladi. InfinBANK kredit kartalari qulay shartlar hamda zamonaviy yechimlar uyg‘unligi uchun alohida e’tirof etildi.
Asosiy afzalliklar:
• kredit limiti — 100 mln so‘mgacha;
• 50 kungacha foizsiz davr, bu xarajatlarni moslashuvchan rejalashtirish imkonini beradi;
• kundalik hayotda InfinBLACK kartasidan foydalanishni qulay va sodda qiluvchi innovatsion funksiyalar.
Visa Token Services Implementation
Ushbu mukofot eng zamonaviy va xavfsiz to‘lov texnologiyalarini joriy etayotgan banklarni e’tirof etadi. InfinBANK to‘lov ma’lumotlarini tokenizatsiya qilishni muvaffaqiyatli joriy etgani uchun tan olindi.
Mijozlar uchun bu quyidagilarni anglatadi:
• karta ma’lumotlarini nodir raqamli token bilan almashtirish orqali qo‘shimcha ma’lumotlar himoyasi;
• internetda ham, offlayn do‘konlarda ham yanada tezkor, qulay va xavfsiz to‘lovlar.
Eng yaxshi raqamli mijozlar tajribasi uchun e’tirof

2025 yilning asosiy yutuqlaridan biri — InfinBANK’ning mustaqil CX Banking Index tadqiqoti doirasida e’tirof etilishi bo‘ldi. CX Banking Index — O‘zbekistonda mobil bank ilovalarini baholash bo‘yicha nufuzli tadqiqotlardan biri hisoblanadi.

















