O‘zbekiston | 17:28 / 22.09.2023
51021
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbek alifbosidagi muammoli 4 ta harf bo‘yicha yangi taklif berildi

Alifboni takomillashtirish bo‘yicha ishchi guruh eng muammoli to‘rtta harf – sh va ch harf birikmalari hamda okinali o‘ va g‘ harflarini ş, c, õ, ğ tarzida ifodalashni taklif qildi.

Ishchi guruh taklif etgan alifbo loyihasi / Foto: Kun.uz

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirish bo‘yicha respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda, deya xabar beradi Kun.uz muxbiri.

Konferensiyada taklif sifatida ishchi guruh tomonidan 28 ta harf, 1 ta harf birikmasi va tutuq belgisidan iborat takomillashtirilgan alifbo loyihasi taqdim etildi.

Ishchi guruh amaliyotda ko‘p muammolarni keltirib chiqarayotgan quyidagi to‘rtta harfni o‘zgartirishni taklif etmoqda:

  • O‘ o‘ — Õ õ
  • G‘ g‘ — Ğ ğ
  • Ch ch — C c
  • Sh sh — Ş ş

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 5 iyul kuni saylovoldi dasturi doirasida toshkentlik saylovchilar bilan uchrashuvda alifbo masalasini aytib o‘tgan edi. “Ziyolilarimiz, keng jamoatchiligimiz bilan bamaslahat, lotin yozuviga asoslangan alifbomizni takomillashtirish bo‘yicha ishlarni yakuniga yetkazishimiz zarur”, degandi davlat rahbari.

Mavzuga oid