Putin Kemerovoga keldi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kemerovoga yetib keldi. Bu yerdagi “Qishki olcha” savdo markazida yuz bergan yirik yong‘in oqibatida 64 kishi halok bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».
Rossiya yetakchisi yong‘in yuz bergan joydagi maxsus memorialga gul qo‘ygan. Shuningdek, Putin prezidentning Sibir federal okrugi bo‘yicha vakolatli vakili Sergey Menyaylo bilan yonib ketgan savdo markazi old tomonini ko‘zdan kechirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston prezidenti Kemerovo shahrida ro‘y bergan yong‘in oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinga maktub yo‘llab, Rossiya xalqi, marhumlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
10:10 / 12.10.2024
Berbok: Putin Ukraina masalasini Shols bilan muhokama qilishdan bosh tortdi
21:13 / 11.10.2024
NATOning yangi bosh kotibi ittifoqchilarni Putinning yadroviy tahdidlariga e’tibor qaratmaslikka chaqirdi
16:10 / 11.10.2024
Putin Gurjiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni kengaytirdi
15:10 / 09.10.2024