Jahon | 11:51 / 26.03.2018
26949
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin va Rossiya xalqiga hamdardlik bildirdi

Foto: TASS

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston prezidenti Kemerovo shahrida ro‘y bergan yong‘in oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinga maktub yo‘llab, Rossiya xalqi, marhumlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kemerovodagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazida ro‘y bergan yong‘in oqibatida, so‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 48 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi. Yong‘in markazning oxirgi – 4-qavatida boshlangan. Yonayotgan binodan 20 kishi qutqarilgan, 100 kishi evakuatsiya qilingan. Savdo markazi 2013 yilda ochilgan bo‘lib, uning umumiy hududi 23 ming kvadrat metrni tashkil qilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid